Savol-javob
Ko'p beriladigan savollarga javoblar.
Xizmat to'lovi qachon olinadi?
Natijadan keyin.
Xizmat narxi qancha?
Narx menejer bilan kelishiladi, menejerdan so'rang.
Hujjatlarni kim tayyorlaydi?
Hujjatlar onlayn, to'g'ridan-to'g'ri Koreyada va universitet xalqaro bo'limi bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
Koreyada kim kutib oladi?
Biz kutib olamiz, joylashtiramiz va yashash joyi topishda yordam beramiz.
Vizam oldin rad etilgan bo'lsa-chi?
Bu yo'lning oxiri degani emas. Avval rad etish sababini bepul tahlil qilamiz, keyin hujjatlarni puxta qayta tayyorlab, eng to'g'ri keyingi qadamni birga rejalashtiramiz.
Koreys tilini bilmasam ham bo'ladimi?
Ha, bo'ladi. Ko'pchilik talabalar koreys tili kursidan boshlaydi, ba'zi universitetlarda ingliz tilidagi yo'nalishlar ham bor. Konsultatsiyada sizga qaysi yo'l mosligini birga aniqlaymiz.
Ichki perevot bormi?
Ha: til kursidan bakalavrga, kasbiy ta'limdan bakalavrga, bakalavrdan bakalavrga, bakalavrdan magistraturaga.
Yotoqxona bormi?
Ba'zi universitetlarda bor, ba'zilarida yo'q. Aniq ma'lumotni menejerdan so'rang.
Qancha vaqtda javob berasiz?
24 soat ichida. Murojaatlar ko'p bo'lsa, biroz kutishingizni so'raymiz.
Qanday bog'lansam bo'ladi?
Telegram, WhatsApp, telefon yoki Instagram orqali yozing: menejer 24 soat ichida javob beradi. Barcha aloqa manzillari sahifaning pastki qismida.
Savolingiz qoldimi?
Yozib qoldiring, menejer Telegram yoki telefon orqali javob beradi.
