Ishlashdan OLDIN ruxsat olish shart: avval universitet xalqaro bo'limi tasdig'i, keyin immigratsiya idorasining ruxsati (HiKorea orqali ham bo'ladi).
Haftalik soat o'qish bosqichi va TOPIK darajasiga bog'liq. Masalan, til kursida (D-4): TOPIK 2 bo'lmasa haftasiga 10 soatgacha, TOPIK 2 bo'lsa 25 soatgacha.
Til kursi talabalari odatda Koreyaga kelganidan kamida 6 oy o'tgach va davomat 90% dan yuqori bo'lsa ruxsat oladi.
Ishlab chiqarish va qurilishda ishlash odatda taqiqlangan.
Ruxsatsiz ishlash — deportatsiya va katta jarima sababi bo'lishi mumkin. Aniq soatni universitet xalqaro bo'limidan so'rang.
Birinchi oy: nima qilish kerak
ID karta (외국인등록증): Koreyaga kelgandan keyin 90 kun ichida immigratsiya idorasida ro'yxatdan o'ting. Navbatni HiKorea orqali oling.
Telefon raqami: dastlab oldindan to'lanadigan (선불) raqam oling, ID karta chiqqach oylik tarifga o'tishingiz mumkin.
Bank hisobi: odatda ID karta bilan ochiladi. Universitet yonidagi bank filialidan so'rang.
T-money karta: metro va avtobus uchun. Istalgan 편의점 (do'kon) da sotiladi va to'ldiriladi.
Tibbiy sug'urta: Koreyada uzoq yashovchi chet ellik talabalar milliy sug'urtaga (건강보험) qo'shiladi. Xati uyingizga keladi.
Manzil: uy almashtirsangiz, 15 kun ichida yangi manzilni ro'yxatdan o'tkazing.
Koreyada kerakli ilovalar
KakaoTalk
Koreyadagi asosiy messenjer. Universitet, ish va do'stlar bilan aloqa shu yerda.