Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-10-16
1. Biz kimmiz
- KoreaWay — O'zbekistondan Koreya universitetlariga (til kursi, kollej, bakalavr, magistratura, doktorantura) o'qishga joylashish va viza hujjatlarida yordam beruvchi agentlik.
- Bu siyosat koreyaway.com sayti, @koreaway_helpbot Telegram boti, talaba kabineti va KoreaWay ilovasiga tegishli.
2. Qanday ma'lumot yig'amiz
- Ariza yoki ro'yxatdan o'tishda: ism-familiya, telefon raqami, Telegram username, qiziqqan ta'lim turi va siz yozgan izoh.
- Hujjat tayyorlash jarayonida (o'zingiz xodimlarimizga berganingizda): pasport ma'lumotlari, ta'lim hujjatlari, til sertifikatlari, oila va homiy ma'lumotlari, rasm.
- Kabinetdan foydalanishda: kirish vaqti va qurilma turi (xavfsizlik uchun), so'z yodlash natijalari, tanlangan universitetlar, viza tekshiruvi natijalari, o'zingiz qo'ygan profil rasmi.
- Texnik ma'lumot: tizimda kirib turish uchun sessiya cookie fayli; til, kun/tun rejimi va tanlanganlar brauzeringizning o'zida saqlanadi.
3. Nima uchun foydalanamiz
- Universitetga hujjat topshirish, qabul va viza jarayonini olib borish.
- Siz bilan bog'lanish va jarayon holatini xabar qilish.
- Kabinet xizmatlari (hujjatlar, so'z yodlash, viza tekshiruvi) ishlashi va hisobingiz xavfsizligi.
- Ma'lumotlaringiz reklama uchun sotilmaydi va boshqalarga berilmaydi.
4. Kimga beriladi
- Siz tanlagan universitetga — faqat arizangiz uchun kerakli qismi.
- Agar KoreaWay'ga hamkor agentlik (firma) orqali kelgan bo'lsangiz — o'sha agentlikka: faqat u yuborgan talabalarning ma'lumotlari, hujjatlari va ariza holati.
- Viza jarayonida talab qilinganda — tegishli davlat organlariga, sizning arizangiz doirasida.
- Xizmat ko'rsatuvchilar: Telegram (xabarlar shu orqali yuboriladi), server xizmati (ma'lumotlar Koreyadagi serverda saqlanadi).
- Hujjatni sun'iy intellekt bilan o'qish funksiyasi yoqilgan taqdirda, hujjat faqat xodim shu tugmani bosgandagina Anthropic xizmatiga o'qish uchun yuboriladi.
5. Qanday himoya qilamiz
- Hujjatlar va shaxsiy ma'lumotlar serverda shifrlangan holda saqlanadi.
- Ularni faqat tizimga kirgan vakolatli xodimlar ko'radi; har bir ko'rish va o'zgartirish jurnalga yoziladi.
- Kabinet parollari ochiq holda saqlanmaydi (faqat xesh). Ko'p marta noto'g'ri parol kiritilsa, kirish vaqtincha yopiladi.
6. Qancha saqlanadi
- Ma'lumotlar xizmat davomida va undan keyin siz o'chirishni so'raguningizcha saqlanadi.
- O'chirilgan ma'lumot avval korzinkaga tushadi, so'ng agentlik tomonidan butunlay o'chiriladi.
7. Huquqlaringiz
- Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish va o'chirishni so'rash huquqiga egasiz.
- Kabinetni o'zingiz o'chirishingiz mumkin: Kabinet → Sozlamalar → «Kabinetni o'chirish».
- Barcha ma'lumotlaringizni o'chirish uchun quyidagi aloqa orqali yozing.
8. Voyaga yetmaganlar
- 18 yoshga to'lmagan talabalarning ma'lumotlari ota-onasi yoki vasiysi roziligi bilan qabul qilinadi.
9. O'zgarishlar
- Bu sahifa yangilanishi mumkin. Oxirgi yangilanish sanasi yuqorida ko'rsatilgan.
10. Aloqa
- Telegram: @koreaway_admin
- WhatsApp: +82 10 9914 8808
- Koreyadan qo'ng'iroq: 010-9914-8808
- Telegram bot: @koreaway_helpbot